Oltin rang muqaddas, abadiy va mukammal Xudoni bildiradi. U samoda, u yerda dard ham, azob ham adovat ham urush ham yoʻq. U yerda bizni хafa qiladigan hech narsa yoʻq. Xudo bizni inson qilib yaratdi. U bizni sevadi va osmonda U bilan birga boʻlishimizni xohlaydi.
Ammo muammo bor: biz Xudo xohlagandek yashamayapmiz – biz Uni sevmaymiz va Uning amrlarini buzamiz. Yomon fikrlar va yomon ishlar qalbimizdan chiqadi. Qora yurak buni bizga eslatadi. Gunohimiz bizni Xudodan ajratadi va jazolanishi kerak. Gunoh uchun jazo – Xudodan abadiy ajralishdir. Biz, odamlar, oʻz kuchimiz bilan holatni oʻzgartira olmaymiz. Hali ham umid bormi?
Ha umid bor! Biz adashgan odamlarga boʻlgan sevgisi tufayli Xudo Oʻzining Oʻgʻli Iso Masihni yerga yubordi. Uning bitta ham gunohi yoʻq edi. Biz abadiy jazoga loyiq boʻlgan gunohlarni Iso Masih Oʻz zimmasiga oldi. Uning qoni toʻkilgan – bu qizil rang bilan koʻrsatilgan – mana shu bizning umidimiz.
Oq yurak – poklik timsoli. Iso Masihning oʻlimi orqali bizning gunohlarimiz kechirilishi mumkin. Agar siz Xudo oldida gunohlaringizni tan olsangiz va hayotingizni Unga bagʻishlasangiz, U sizni bajonidil kechiradi. Siz esa Xudoning huzurida xuddi shu yurakdek nurli oppoq koʻrinishda boʻlasiz.
Agar siz Isoni Rabbim deb qabul qilgan boʻlsangiz, siz oʻsib ulgʻayishi zarur boʻlgan yangi tugʻilgan bolaga oʻxshaysiz. Yashil rang tabiatdagi oʻsishni anglatadi. Muntazam ravishda Muqaddas Kitobni oʻqish, Xudoga ibodat qilish va masihiylar bilan muloqot qilish orqali siz imonda oʻsasiz. Siz Xudoning bu sevgisi va inoyatidan xursand boʻlishishingiz mumkin.